
Rasman! Ikardi "Galatasaroy" futbolchisi
Mauro Ikardi "Galatasaroy" safiga ko‘chib o‘tdi.
PSJ 2020 yilda 50+8 million evroga sotib olingan hujumchining ketganini e’lon qildi. Turkiya chempioni argentinalik uchun 10 million to‘lashi, futbolchi bilan shartnoma esa 3 mavsumga mo‘ljallangani xabar qilingandi.
Ikardi o‘tgan mavsumda "Galatasaroy"da ijara asosida o‘ynagan va 24 ta o‘yinda 22 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar