Rasman! Ispaniya kubogi finali kelasi mavsum o‘tkaziladigan bo‘ldi
“Atletik” Bilbao va “Real Sosedad” jamoalari o‘rtasidagi Ispaniya kubogi finali kelasi mavsumda o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Bilbaoliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, “Atletik” va “Sosedad” prezidentlari Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi rahbariyati bilan uchrashishgan va finalni vaziyat yumshaganda muxlislar qarshisida o‘tkazish taklifiga rozilik bildirishgan. Ammo, shu bilan birga ular kubok g‘olibi rasmiy maqomda e’lon qilinishi va evrokuboklar yo‘llanmasi berilishini ham talab qilishmoqda.
Aytish kerakki, mamlakat futbol federatsiyasi finalchi klublarga 2 ta taklif yuborgan edi:
- Final avgustda muxlislarsiz o‘tkaziladi va g‘olib jamoa evrokubok yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
- Final kelasi mavsumda muxlislar bilan o‘tkaziladi. Ammo, bu holatda g‘olib jamoaga UEFA evrokuboklarda qatnashish huquqini bermaydi.

Fikrlar