Rasman! "Milan" forvardi "Sevilya"ga o‘tdi
“Sevilya” klubi o‘zining rasmiy sayti orqali “Milan” forvardi Susoning transferini sotib olganini rasman e’lon qildi.
Unga ko‘ra, andalusiyaliklar 26 yoshli ispan futbolchisi uchun “rossonerilar”ga 24 mln evro to‘lashgan va u bilan 5 yillik shartnoma imzolashgan.
Eslatib o‘tamiz, Suso mavsumning ikkinchi davrasini “Sevilya” safida ijarada o‘tkazdi va 19 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar