
Rasman! "Milan"da bosh murabbiy o‘zgarmaydi. Pioli bilan shartnoma uzaytirildi
"Milan" klubi bosh murabbiy Stefano Pioli bilan hamkorlikni davom ettiradigan bo‘ldi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, “rossonerilar” 54 yoshli mutaxassis bilan amaldagi shartnomani 2022 yilga qadar uzaytirgan. Bunga sabab sifatida Pioli boshchiligidagi jamoa so‘nggi o‘yinlarda faqat g‘alaba qozonayotgani hamda evrokuboklar yo‘llanmasi uchun yaxshi imkoniyat hosil qilgani aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, Pioli “Milan”ni 2019 yilning oktyabridan buyon boshqarib kelmoqda.
Fikrlar