Rasman! Modrich "Real" bilan shartnoma muddatini uzaytirdi
Rasman Luka Modrich "Real" bilan amaldagi shartnoma muddatini uzaytirdi. Yangi bitim 2024 yilning yozigacha amal qiladi. Buni klub rasmiy sahifasi orqali e’lon qildi.
Avvalroq, Modrichning ketishi haqda mish-mishlar yurgandi. Unga Saudiya Arabistonidan takliflar kelgan, lekin yarim himoyachi "qaymoqranglilar" safida yana bir yil to‘p tepishni istadi.

Fikrlar