Rasman! "Navbahor" legioneri jamoani tark etdi

  • 21.05.2021 15:18
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy mavsum avvalida, "Navbahor" tarkibiga bir qator yangi futbolchilar, jumladan, serbiyalik legionerlar tashrif buyurgandi. Ular orasida 33 yoshli yarim himoyachi Marko Putinchanin ham bor edi.

Putinchanin joriy mavsumda Superliga bahslarida “lochinlar” tarkibida jami 8 o‘yinda maydonga tushib, jami 575 daqiqa harakatlandi. O‘zbekiston kubogi doirasida esa bitta uchrashuv o‘tkazib, 32 daqiqa o‘ynadi.

Ta’kidlash joizki, serbiyalik futbolchi namanganliklarning dastlabki 6 o‘yinida maydonda to‘liq – 90 daqiqa to‘p tepgandi.

O‘zaro kelishuvga muvofiq, “Navbahor” klubi Marko Putinchanin bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

IMG_7464

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Axmedov
22/05/2021 02:10
Ўзи оша леганер нима каромат кўрсатганди жўда зўр бўлибди кетгани
TV TV
21/05/2021 15:21
Нумон Хасановникига борсин ишлагани.