
Rasman! Odil Ahmedovning transferi e’lon qilindi (Foto)
Xitoyning "Shanxay SIPG" klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov mamlakatning boshqa jamoasiga ko‘chib o‘tayotgani borasida xabar bergandik.
"Tyantszin Teda" klubi hamyurtimiz Odil Ahmedovning transferini e’lon qildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori bugun yangi klubi bilan shartnoma imzoladi. Futbolchimiz 16 sentyabr kuni Xitoy Superligasidan o‘rin olgan bahsda maydonga tushishi kutilmoqda. "Tyantszin Teda" klubiga ayni paytda Janubiy Koreya milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi germaniyalik Uli Shtilike bosh murabbiylik qilmoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov boshqa klubga o‘tdi (Foto)
"Shanxay SIPG" klubi Odil Ahmedovga minnatdorchilik bildirdi va yangi jamoasida omad tiladi. Hamyurtimiz shanxayliklar safida 104 uchrashuvda maydonga tushdi va 11 gol muallifiga aylandi.
Fikrlar