Rasman! Oston O‘runov jamoasiga ispaniyalik mutaxassis bosh murabbiy bo‘ldi

  • 10 iyun, 2022, 14:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Spartak" Paolo Vanoli ketganidan keyin uning o‘rnini egallaydigan yangi bosh murabbiyni e’lon qildi.

Tecno

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, yakunlangan mavsum Shveytsariya chempionatida "Bazel" bilan birga 2-o‘rinni egallagan Gilermo Abaskal bundan buyon Moskva grandini boshqaradi. Ta’kidlash kerakki, mutaxassislar Gilermoni Evropadagi eng istiqbolli yosh murabbiylardan biri deb hisoblashmoqda.

Ma’lumot uchun, Gilermo Abaskal "Barselona" va "Sevilya" akademiyalari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo u asosiy jamoalarda deyarli o‘ynamagan. Shu sababli u zudlik bilan bor e’tiborini murabbiylikka qaratgan.

U murabbiylik faoliyatini "Sevilya" yoshlar jamoasida boshlagan, keyin Shveytsariyaning “Kyasso” va “Lugano” klublarini boshqargan, bundan tashqari Italiyaning "Askoli" va Gretsiyaning "Volos" klublarida bosh murabbiy bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!