Rasman! O‘zbekiston chempioni “Sho‘rtan”ga kelib qo‘shildi

  • 19.01.2025 21:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Sho‘rtan” Shohjahon Sultonmurodov bilan kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda klubning matbuot xizmati. 
 
Xabaringiz bor, Superliga klubi yangi mavsum uchun puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klub so‘nggi kunlarda tarkibini sezilarli darajada kuchaytirmoqda. Bir necha daqiqa oldin esa sobiq posboni hisoblangan Sherzodbek Abduraimovni ham klubga qaytarib, bir yillik kelishuvga erishganini e’lon qilgan edi. 
 
O‘tgan mavsumni Termizning “Surxon” jamoasida boshlab, ikkinchi davrada “Nasaf” tarkibida harakat qilib, mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan Shohjahon yangi mavsumni “oq bo‘rilar” tarkibida boshlaydi. Ushbu tajribali himoyachi bilan ham 1 yillik kelishuvga erishildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!