Rasman: Rakitich “Barselona” bilan yangi shartnoma imzoladi
Bugun Ispaniya chempionati grandlaridan biri “Barselona” etakchi yarim himoyachi Ivan Rakitich bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edik.
Ayni paytda “Barselona” klubi rasman shartnoma imzolanganini ma’lum qildi.
Xorvatiyalik 28 yoshli yarim himoyachi endi 2021 yilning 30 iyuniga qadar Kataloniyada qoladi. Yangi bitimga ko‘ra, futbolchining transfer narxi 125 million evro qilib belgilandi.

Rakitich “Barselona” tarkibiga 2014 yili “Sevilya”dan kelib qo‘shilgan. Shu kungacha 145 ta o‘yinda qatnashib, 23 ta gol urgan.

Fikrlar