Rasman: "Real"ga yangi murabbiy tayinlandi

  • 1 iyun, 2021, 22:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti rasman "Real" Madridga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tecno

Madrid klubi Anchelotti bilan 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Murabbiy o‘tgan mavsumni "Everton"da o‘tkazgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Anchelotti 2013 yildan 2015 yilgacha "Real" bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Italiyalik mutaxassis boshqaruvida "qaymoqranglilar" Chempionlar ligasi, Ispaniya kubogi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!