Rasman! "Roma" futbolchisi PSJga o‘tdi
“Roma” himoyachisi Alessandro Florentsi yangi mavsumni PSJda o‘tkazadigan bo‘ldi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, Frantsiya chempioni 29 yoshli italiyalik futbolchini bir yilga ijaraga olgan. Parijliklarda ushbu muddat tugagach Florentsini 9 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqi mavjud.
Alessandro o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini “Valensiya”da ijarada o‘tkazdi va La Ligada 12 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar