Rasman! Samvel Babayan "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi

  • 22 iyun, 2019, 19:41
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbek futbolining taniqli va tajribali mutaxassislaridan biri Samvel Babayan “Lokomotiv” futbol klubida bosh murabbiy sifatida ish boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Futbol muxlislariga yaxshi ma’lum, Samvel Babayan asosan “Paxtakor” futbol klubidagi bir necha yillik faoliyati orqali keng jamoatchilikka tanilgan. Uning katta tajribasi hamda o‘zbek futbolidagi samarali mehnatini inobatga olib “Lokomotiv” PFK uni bosh murabbiy sifatida klubga taklif etdi.

Samvel Babayan “Paxtakor”dagi faoliyati davomida ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan. U rahbarlik qilgan yillari “Paxtakor” 9 bor mamlakat milliy chempionati hamda 8-marta O‘zbekiston Kubogi g‘olibi deb topilgan. Bundan tashqari “Paxtakor”ning ikki bor Osiyo chempionlar ligasi yarim finaliga qadar etib borishida, shu qatorda 2002-yil mavsum yakunlariga ko‘ra “Osiyoning eng yaxshi futbol klubi” deb topilishida qo‘shgan hissasi katta.

Bundan tashqari Samvel Babayan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ham samarali mehnat qilgan hamda uning qo‘l ostida 42 nafar futbolchi mamlakat bosh jamoasida o‘z debyutini nishonlagan. Shuningdek, Samvel Vyacheslavovich turli yillarda O‘zbekistonning olimpiya, yoshlar va o‘smirlar terma jamoalariga “Paxtakor” menejeri sifatida 200ga yaqin futbolchilarni tarbiyalab bergan. Yana shuni ta’kidlash joiz, Samvel Babayan o‘zbek futboliga qo‘shgan ulkan hissasi tufayli ikki bor O‘zbekistonning “Eng yaxshi murabbiyi” deb topilgan.

Samvel Babayanning erishgan yutuqlari:

O‘zbekiston chempioni - 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012, 2014, 2015-yillar, “Paxtakor”

O‘zbekistonning vitse chempioni - 2008, 2009, 2010-yillar, “Paxtakor”

O‘zbekiston Kubogi sohibi - 2001/02, 2002/03, 2004, 2005, 2006, 2007, 2009, 2011-yillar, “Paxtakor”

Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finalchisi - 2002/03, 2004, "Paxtakor"

Hamdo‘stlik kubogi sohibi - 2007-yil, “Paxtakor”

O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi - 2014, 2015

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
дилик
22/06/2019 21:00
Шу кунларам бормиди ....????????
Кобил Махмудов
22/06/2019 20:56
Узбек футболига Улкан хисса кушганмиш.уни кул остида МТЖ да куплар дебють килган эмиш.хаммаси йолгонку факат пахтакор футболчилари дебють килишди ва Улар уйнашди зборьнийда...эй сохтакор футбол сайтлари ва нашрлари ва сохтакор
Журналистлар...хайотизда бир марта булса хам кора Халкни дардини йозинг ва гапиринг куркоклар
Кобил Махмудов
22/06/2019 20:33
Хуш келибсан ба ба янь ?!? Сени я кин орада Экторь куперни урнида курсам хам хайрон булмайман...
Чунки бу бизни ОФА да. аввалига
Мамлакатдан яширинча чикариб юбориб,халкни алдаб,орадан бир оз утиб Яна Олиб киришиб.худди хич Нарса булмагандек.карангки Локомотивга бош мураббий булиб турибдику