Rasman! Senegal Frantsiyani diskvalifikatsiya qilish bo‘yicha apellyatsiyasini qaytarib oldi

  • 25 noyabr, 2023, 10:04
  • Suhrob Xolbekov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 17 yoshlilar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatidan Frantsiya chetlashtirishi mumkin edi. Ammo so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, frantsuzlar turnirda o‘z ishtirokini davom ettiradi. 

Tecno

FIFA bilan maslahatlashganidan so‘ng, Senegal futbol federatsiyasi o‘z apellyatsiyasini qaytarib oldi, biroq FIFA bu voqeada Frantsiya aybdor ekanligini tan olganini ta’kidladi.

Image

Eslatib o‘tamiz, jamoa a’zosi Yannis Issufu saralash doirasida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda Niger terma jamoasi sharafini himoya qilgan. FIFA qoidalariga ko‘ra, futbolchilar bir musobaqa doirasida boshqa-boshqa jamoalar o‘yinchisi sifatida qatnashishi qat’iyan man qilinadi. 

Demak O‘zbekistonning chorak finaldagi raqibi bo‘lmish Frantsiyaga qarshi uchrashuv o‘tkaziladi. Avvalroq, Senegal nimyaorak finalda frantsiyaliklarga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
998913335306
26/11/2023 18:46
ФИФА. нинг хам обруси колмайди.бунга чора куриш керак эди.
Дилшод Xaмзаев
25/11/2023 11:40
Сенегални иккинчи Франция дейишарди.қистир қистир бўгандирда.