
Rasman! Uaylder - Joshua uchrashuvi keyingi yilga qoldirildi
Og‘ir vazn toifasida ikkita jahon chempioni Entoni Joshua va Deontey Uaylder uchrashuvi keyingi yilga qoldirildi. Bu haqida Uaylderning promouteri Shelli Finkel xabar bermoqda.
- Bugun men Joshuaning promouteri Eddi Xirna tomonidan yangi taklif oldim. Ushbu xatda Entoni - Deontey qarama-qarshiligini 15 sentyabrdamas, 2019 yilning 13 aprel kuni "Uembli"da tashkil etishni so‘ragan. Aytib o‘tish joizki, yangi taklifda jamoamizga jang uchun belgilangan 15 million dollar hamda revansh uchrashuv huquqiga ega bo‘lish taklif qilingan. Biz bellaushvni keyingi yilda tashkil etishga roziligimizni bildirdik, - deya Finkelning so‘zlaridan iqtibos keltiradi World Boxing News nashri.
Fikrlar