
Rayan Garsiya va Lyuk Kempbell jangi 7-raundda yakunlandi (Video)
AQShning Dallas shahrida professional boks kechasi tashkil etildi. Uning markaziy jangida engil vazn toifasining WBC vaqtinchalik kamari uchun Rayan Garsiya (21-0,18 KO) hamda havaskor boksda Olimpiya chempioni bo‘lgan britaniyalik bokschi Lyuk Kempbell (20-4,16 KO) to‘qnash keldi.
2-raunddayoq Kembell kuchli zarba bilan Garsiyani nokdaunga tushirgandi. Biroq Rayan o‘zini qayta tiklay oldi va 5-raundda ketma-ket zarbalari orqali Kempbellni qiyin holatga tushirib qo‘ydi. Asosiy voqea esa, 7-raundda ro‘y berdi. Rayan Garsiya raqibining biqiniga kuchli zarba berib, uni nokautga uchratdi va shu tariqa, WBCning vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Bu yo‘nalishning asosiy kamari esa Devin Xeyniga tegishli.
Katta ehtimol bilan Garsiyaning navbatdagi raqibi Devin Xeyni yoki Jervonta Devis bo‘lishi mumkin.
Fikrlar