
"Real" Anchelotti bilan g‘ayrioddiy xayrlashuv marosimini tayyorlamoqda
Karlo Anchelotti joriy mavsum yakunlangach "Real Madrid" bosh murabbiyligi lavozimini tark etadi va Braziliya terma jamoasini boshqaradi.
Xabaringiz bor, Karlo "qirollik klubi"ni turli davrlarda boshqarib, jamoa tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri sifatida nom qozondi.
AS nashrining xabariga ko‘ra, madridliklar italiyalik mutaxassis bilan munosib xayrlashishni rejalashtirmoqda. 24 may kuni La Liganing 38-turidan o‘rin olgan "Real Sosedad"ga qarshi o‘yindan so‘ng Anchelotti uchun maxsus marosim tashkil qilinadi.
Tadbirda Anchelotti rahbarligida jamoa qo‘lga kiritgan 15 ta sovrin namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.
"Grada Fans" muxlislar uyushmasi ham murabbiy uchun "his-tuyg‘ularga boy va samimiy" xayrlashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Fikrlar