
"Real" Anchelotti o‘rniga "Bavariya" bosh murabbiyini olib kelmoqchi
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Real" Madrid klubida ish boshlashi mumkin. Bu haqda "El Nacional" nashri ma’lum qildi.
Manbada yozilishicha, "qirollik klubi" Anchelotti o‘rniga aynan Nagelsmanni muqobil variant sifatida ko‘rmoqda. Rahbariyat u bilan bir qatorda Tomas Tuxel nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Karlo Anchelottining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi. Avvalroq, italiyalik mutaxassis klub bilan bitimni uzaytirmoqchi emasligini aytib o‘tgandi.
Fikrlar