«Real» bu yozdayoq Xolandni sotib olishi mumkin

  • 07.07.2026 17:52
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real»ning navbatdagi yirik maqsadi — Erling Xoland.
 

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland joriy transfer oynasining o‘zidayoq «Real» safiga qo‘shilishi mumkin. Bu haqida Defensa Central nashri xabar bermoqda.
 

Manbaning ma'lum qilishicha, klub prezidenti Florentino Peres norvegiyalik forvardni yozgi transfer davrida olib kelish imkoniyatini jiddiy o‘rganmoqda. Aytilishicha, agar «Real» Vinisius bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmasa, klub asosiy e'tiborni Xoland transferiga qaratadi.
 

Erling Xoland JCh-2026 musobaqasida ham o‘zini ko‘rsatmoqda. Norvegiya terma jamoasi 1/8 finalda Braziliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi, ushbu o‘yinda barcha gollar aynan Xoland hisobiga yozildi. U umumiy hisobda mundialda yetti marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!