"Real" futbolchisi bilan uzoq yillik shartnoma imzolash arafasida

  • 14 iyun, 14:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi yosh himoyachi Raul Asensio bilan hamkorlikni davom ettiradi. Bu haqda "Cope" nashri xabar berdi.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, "qirollik klubi" 22 yoshli futbolchi bilan shartnomani 2031 yilgacha uzaytirishni rejalashtirgan. Yangi kelishuvda 100 million evrolik to‘lov belgilanadi. Shuningdek, Asensioning maoshi ham oshiriladi. Shartnomani uzaytirilishiga asosiy sabab, futbolchining bu mavsum muhim bellashuvlardagi ishonchli harakatlari, deb keltirilmoqda. 

Raul "qaymoqranglilar" safida qolish uchun "Chelsi", PSJ va "Milan" kabi grand jamoalarning taklifini rad etgan, deb xabar bermoqda "Okdiaro" nashri.

Asensio o‘tgan mavsum La Ligada 23 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta golli pas berdi va 3 marta ogohlantirildi. U yangi mavsumda bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida "Real" sharafini himoya qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!