
"Real" futbolchisi "Sevilya"ning taklifiga rad javobini berdi
"Real" yarim himoyachisi Isko "Sevilya" taklifini rad etdi, deya xabar bermoqda mashhur As nashri.
28 yoshli futbolchi qishda ijaraga ketish ortidan maoshi qisqarishiga rozi bo‘lmadi. Transfermarkt nashri 20 million evroga baholayotgan ispaniyalik xavbekning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozida yakunlanadi.
Joriy mavsumda "Valensiya" klubi tarbiyalanuvchisi Isko "Real" safida 7 ta o‘yinda, 285 minut maydonda harakat qildi.
Fikrlar