"Real" hujumchisini sotib yubormoqchi

  • 9 iyul, 2020, 14:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yozda hujumchi Luka Yovichni sotib yuborishi mumkin, deya xabar bermoqda Marca.

Tecno

Madridliklar rahbariyati serbiyalik futbolchining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lmoqda. Shu sabab uning transferi uchun takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Avvaliga, "qaymoqranglilar" 22 yoshli futbolchini ijaraga yubormoqchi edi, biroq endi klub uni to‘liq sotib yuborishga tayyor.

"Real"ning sabrini to‘ldirgan so‘nggi nuqta serbiyalikning koronavirus aniqlangan do‘sti bilan muloqotda bo‘lgani, deyiladi manba xabarida.

Hujumchi xizmatlariga "Milan" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Yovich "Real" libosida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!