“Real” ideal darvozabon topdi
Shvetsiyaning “Elfsborg” klubi darvozaboni Simon Eriksson oʻz iqtidori bilan Madridning “Real” jamoasi skautlari nazarini oʻziga qaratdi.
Transfer News Live va Defensa Central kabi nufuzli nashrlarning maʼlum qilishicha, “Qirollik klubi” 19 yoshli golkiperni asosiy darvozabon Tibo Kurtuaga “ideal oʻrinbosar” sifatida koʻrib chiqmoqda.
Shu bilan birga madridliklar Erikssonni olish masalasida shoshilmoqchi emas. Klub skautlari darvozabon faoliyatini kuzatishda davom etadi va mavridi kelganda uni transfer qilish masalasiga oʻtiladi.
Simon Eriksson Shvetsiya chempionatining oʻtgan mavsumida “Elfsborg” safida 20 ta oʻyin oʻtkazib, jami 30 ta gol oʻtkazib yuborgan. Transfermarkt mutaxassislari darvozabonning qiymatini 500 ming yevro deb baholamoqda.
Fikrlar