“Real” ikki futbolchi bilan xayrlashdi
“Real” rahbariyati asosiy tarkibga kira olmayotnan futbolchilarni boshqa klublarga o‘tkazib yubormoqda.
Fabritsio Romanoning yozishicha, qanot himoyachsi Alexandro Ximenes faoliyatini “Milan”da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu transfer madridliklarga besh million evro keltirdi.
Ayni paytda markaziy himoyachi Rafa Marinni “Napoli”ga transfer qilish borasida ish olib borilyapti. Bu transfer 10 million evroga baholanmoqda.
Har ikki vaziyatda ham “Real” o‘yinchilarni qayta sotib olish huquqini saqlab qoldi.

Fikrlar