“Real” ikki o‘yinchini bepul olmoqchi

  • 19.10.2021 11:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Odatda, supertransferlarni amalga oshiradigan “Real” rahbariyati tekinga o‘yinchi olish imkoniyatidan ham foydalanib qolmoqchi.

Ayni paytda, madridliklar jamoaga ikki nafar futbolchini jalb qilishni rejalashtirmoqda. Ular “Lion” himoyachisi Jezon Denayerni Madridga ko‘chirib kelmoqchi. Iste’dodli futbolchining frantsiyaliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Belgiyalik himoyachining o‘zi ham Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.

Shuningdek, “Borussiya M” himoyachisi Mattias Ginter ham jamoasi bilan shartnomani uzaytirmasa, yozda “Qirollik klubi”dan taklif oladi.

Yozda bir necha himoyachisidan ayrilgan “Real” murabbiylar shtabi yangi o‘yinchilar yordamida jamoaning mudofaa chizig‘ini kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!