“Real” kutayotgan yulduz MYuga ketadigan bo‘lyapti

  • 21 noyabr, 2020, 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real” kelasi yozda transfer qilishi kerak bo‘lgan “Renn” futbolchisi Eduardo Kamavinga Madridga kelmaydigan bo‘ldi.

Avvaliga, “Renn” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishni istagan frantsiyalik 18 yoshli futbolchi endi Angliyada to‘p surishga qaror qildi.

“Manchester Yunayted” Frantsiya terma jamoasida Pol Pogbaning o‘rinbosari hisoblangan Kamavingani o‘z tarkibiga qo‘shib olishga tayyor. Hatto manchesterliklar “Renn” belgilagan summa – 70 million evroni berishga ham rozi bo‘lmoqda.

“Manchester Yunayted”ning bunday qarorga kelishiga Pol Pogba bilan yangi shartnoma imzolanmagani sabab bo‘ldi. Frantsiyalik yulduz yozda jamoani tark etishni rejalashtiryapti.

Xuddi Kamavinga singari Pogbaga ham “Real” va “Yuventus”dan  jiddiy qiziqish bor.

Zidan Kumanning shogirdiga ko‘z tikdi

Tedesko: Kokorin bo‘lmasa, O‘runov bor!

Sulsherni hayratga solgan futbolchi kim?

Kamavinga “Real”ni shokka tushirdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!