“Real” Mbappe o‘rnini bosadigan chempionni topdi
“Real” rahbariyati Kilian Mbappeni qo‘lga kiriti olishiga ishonmayapti. Frantsiyalik hujumchi PSJ bilan shartnomani uzaytirishi mumkin. Bundan tashqari, kelasi yozda “Liverpul” Mbappeni olishga bor imkoniyatini sarflaydi.
Madridliklar Kilian o‘rniga boshqa hujumchini mo‘ljalga oldi.
Sky Sports nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” kelasi yozda Argentina terma jamoasi va “Manchester Siti” hujumchisi Xulian Alvaresni transfer qilmoqchi.
23 yoshli jahon chempionining “shaharliklar” bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha tuzilgan. Xulian Alvares ichki raqobatda Erling Xolandga imkoniyatni boy beryapti. Shu bois, Alvares “Real” taklifini qabul qilishga moyil.

Fikrlar