"Real" Mbappe uchun to‘laydigan maksimal pul miqdorini malum qildi

  • 25 iyun, 2023, 15:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" va PSJ o‘rtasida Kilian Mbappe bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Tecno

Taniqli insayder Tomas-Gonsales Martinning ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, “qirollik klubi" 24 yoshli futbolchi uchun 200+20 million evro taklif qilishga tayyor. Madridliklar bu shartnoma uchun klub ajratadigan maksimal miqdor ekanligini ta’kidladi.

PSJ esa o‘z navbatida bunday shartlardan qoniqmayapti. Parij giganti 250+50 million taklif qilsa, Kilian bilan xayrlashishga tayyor.

Mbappening frantsuz klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi. Avvalroq, hujumchi shartnomani uzaytirmasligini ma’lum qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!