“Real” Mbappe va Xoland o‘rniga to‘rtta superforvard tanladi

  • 7 sentabr, 2023, 19:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati zamonaviy futbolning eng zo‘r to‘purarlari sifatida e’tirof etilayotgan Kilian Mbappe va Erling Xolandni olish g‘oyasidan voz kechgani xabar qilingan edi.

Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi” PSJ va “Manchester Siti” forvardlari o‘rniga boshqa to‘rt nafar zo‘r hujumchi topib qo‘ydi.

Manbaning ta’kidlashicha, madridliklar kelasi yozda hujum chizig‘ini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratadi.

“Qirollik klubi” rahbariyati ana shu maqsadda Dushan Vlaxovich (“Yuventus”), Rafael Leau (“Milan”), Viktor Osimxen (“Napoli”) va Jonatan Devid (“Lill”) bilan muzokara olib borishga tayyorlanmoqda.

Bu mavsum bu hujumchilarning barchasiga grand klublardan jiddiy qiziqish bo‘ldi. Biroq ulardan birortasi jamoasini o‘zgartirgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
merik
06/09/2023 14:17
Holand zormi yoki mbappe zormi desangiz barbir mbappe zor tehnikali futbolchi taktigaga zor tushadi holand himoyalanadigan jamoga otganida kup gol uralmasa kerak lekin barsaga zor tushadi holand
&
merik
06/09/2023 14:13
Mbappe borbir boshga daraja jamoni izdan yetaklaydigan futbolchi yarimta vazyat gol degani