"Real" Mbappeni qachon sotib olishi ma’lum

  • 25.06.2023 14:24
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" va PSJ o‘rtasida Kilian Mbappe transferi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. "Marca" nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" kelishuvni muhokama qilishda sezilarli muvaffaqiyatga erisha olgan.

Manba bergan xabarga ko‘ra, ispan grandi ikki hafta ichida kelishuvni yakunlay olishiga ishonch bildirmoqda. 

Mbappe 2017 yilning yozidan beri Parij grandida o‘ynab kelmoqda. Uning klub bilan mehnat shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

24 yoshli forvard o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 29 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!