“Real” Mbappeni shu yoz olishga tayyor, faqat...

  • 13 iyul, 2023, 18:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappening kelasigi mavhumligicha qolmoqda. Parijliklar agar 24 yoshli hujumchi tez orada yangi bitim tuzmasa uni sotib yuboradi.

Tecno

“Real” Mbappega asosiy da’vogar. Lekin “Qirollik klubi” katta xarajat qilmoqchi emas. Aslida madridliklar Mbappening kelasi yoz, erkin agent maqomiga aylanganidan keyin kelishini kutmoqda.

Taniqli jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, Madrid grandi shu yoz ham transferni amalga oshirishi mumkin.

Buning uchun PSJ Mbappega qo‘yiladigan badal puli summasini oshirib yubormasligi va imkon qadar madridliklarga maqbul darajada belgilashi kerak.

Ayni paytda esa, parijliklar o‘z to‘purari uchun xaridor jamoalardan 200 million evro talab qilishini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sunnatillo
13/07/2023 20:21
Baribir realga utadi mbappe