"Real" Mbappening transferidan qancha pul ishlab olishi mumkin?
Madridning “Real” klubi frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappeni nafaqat o‘yin mahorati, balki marketing nuqtai nazaridan ham sotib olmoqchi.
El Debate jurnalistlarining fikricha, futbolchi bilan olti yillik hamkorlik davomida “qirollik klubi” bir milliard evro daromad olishi mumkin. Boisi, Kilian nomi bilan atalgan barcha turdagi mahsulotlarni sotish yangi rekord o‘rnatadi. Shuningdek, yuqoridagi summa Mbappe "qaymoqranglilar" safida yutishi mumkin bo‘lgan sovrinlar soniga qarab oshishi mumkinligi qayd etilgan.
Oldinroq PSJ hujumchini shu yozda 200 million evro evaziga sotishga tayyorligi xabar qilingandi.

Fikrlar