
“Real” Messining ustozini kutyapti
“Real” yozda bosh murabbiy masalasini hal qilishi kerak. Karlo Anchelottining shartnomasi yakunlanish arafasida. Garchi futbolchilar italiyalik murabbiyning qolishini so‘rayotgan bo‘lsa-da, u Braziliya terma jamoasini boshqarishga moyillik bildiryapti.
“Qirollik klubi” jamoani boshqarish uchun Argentina terma jamoasini jahon chempioni qilgan Lionel Skalonini olib kelmoqchi.
Skaloni hali terma jamoadagi ishini yakunlash yoki davom ettirish bo‘yicha bir qarorga kelgani yo‘q. Lekin Argentina matbuoti “Real”dan buyuk klub uni ishga chorlayotgani Skaloni faoliyatida o‘zgarish qilishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, madridliklar nishonida Xabi Alonso, Roberto de Dzerbi kabi mutaxassislar ham bor.
Fikrlar