
“Real” o‘z tarixidagi katta transferga tayyorgarlikni boshladi
“Real” prezidenti Florentino Peres PSJ hujumchisi Kilian Mbappe transferini amalga oshirish uchun tayyorgarlik ko‘rishga kirishdi.
Relevo nashrining ma’lum qiligicha, “Qirollik klubi” rahbari frantsiyalik yulduzning transferi kelasi mavsumga qoladigan bo‘lsa ham Mbappega hozirdan joy tayyorlab qo‘yadi.
“Real” Karim Benzema o‘rnini 33 yoshli Xoseluni bir mavsumga ijaraga olish bilan to‘ldirdi. Oldingi chiziqqa boshqa hujumchi olinmaydi. Xoselu Mbappe kelgunga qadar madridliklar uchun gol urib tursa bo‘ldi.
Madridliklar bu yozda “Borussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingemni katta summaga sotib oldi. Yozda boshqa katta xarajatlar ko‘zda tutilmagan. Endi bor e’tibor Kilian Mbappe transferiga qaratiladi.
Fikrlar