"Real" Rodrigoni sotib, uning o‘rniga APLdan 2 ta futbolchi olib kelmoqchi

  • 17 avgust, 16:35
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hujumchi Rodrigo yaqin haftalarda "Real"ni tark etib, Angliya Premer-ligasiga yo‘l olishi mumkin. Matbuotda braziliyalikni bir vaqtning o‘zida APLning bir nechta top-klublari, jumladan, "Manchester Siti"ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Tecno

Defensa Central xabar berishicha, "Real" Rodrigo transferidan 100 million evro ishlab olmoqchi. "Qaymoqranglilar" bu pullardan ikki futbolchi - "Liverpul" himoyachisi Ibraxim Konate va "Kristal Pelas" yarim himoyachisi Adam Uortonni sotib olishga harakat qiladi.

Avvalroq, mersisaydliklar himoyachini ushbu yozda 50 million evroga sotmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik.

Rodrigo "Real" safida 270 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 68 ta gol va 51 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!