“Real” Shomurodovning ustozini kutyapti
“Real” rahbariyati amaldagi bosh murabbiy Karlo Anchelottining o‘rnini bosa oladigan mutaxassis qidiryapti.
Joriy mavsum oxirida italiyalik mutaxassisning shartnomasi yakunlanadi. Madridliklar hozirning o‘zidan bir necha murabbiylar imkoniyatini o‘rganib chiqyapti.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, bugungi kunda Joze Mourino “Real” bosh murabbiyligiga asosiy nomzodga aylandi. 60 yoshli mutaxassis “Qirollik klubi” mutasaddilari kuzatuvidagi murabbiylar orasida eng mashhuri va tajribalisi hisoblanadi.
Qolaversa, yulduzlarga to‘lib-toshgan tarkibni boshqarish uchun bosh murabbiyning o‘zi futbol olamida yuksak darajaga erishgan bo‘lishi talab etiladi.
Portugaliyalik murabbiyning “Roma” bilan kelishuvi yozda yakunlanadi. Mourinoga Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubidan ham katta taklif bor.

Fikrlar