"Real" so‘nggi 32 yildagi eng yaxshi natijasini qayd etdi
Kecha Ispaniya La Ligasining 18-turida “Real” o‘z maydonida “Atletik”ni qabul qildi va 0:0 hisobida durang qayd etdi.
Madridliklar chempionatning o‘tgan 18 ta turi davomida o‘z darvozalaridan 12 ta gol o‘tkazib yuborishdi. Bu esa so‘nggi 32 yildagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
“Real” so‘nggi bor La Liganing dastlabki 18 ta turida bu qadar kam golni 1987/88 yilgi mavsumda o‘tkazib yuborgan. O‘shanda “qirollik klubi” darvozasini Fransisko Buyo qo‘riqlagan.
Fikrlar