"Real" so‘nggi 32 yildagi eng yaxshi natijasini takrorladi
“Real” Madrid klubi La Liganing birinchi davrasida himoyada ajoyib o‘tkazdi.
Aniqrog‘i, “qirollik klubi” birinchi davradagi 19 ta turda o‘z darvozalaridan bor yo‘g‘i 12 ta gol o‘tkazib yuborishdi xolos.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bu “Real”ning so‘nggi 32 yildagi eng yaxshi natijasi sifatida qayd etildi. Madridliklar 1987-88 yilgi mavsumda ham ilk davrada 12 ta gol o‘tkazib yuborishgan.
Ma’lumot uchun, Zinedin Zidan boshchiligidagi “Real” ayni damda 40 ochko to‘plagan holda “Barselona”dan so‘ng 2-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar