
“Real” uch yildan beri o‘ynatmayotgan futbolchisini yana jo‘natib yubordi
“Qirollik klubi” 2020 yilning yanvarida Braziliyaning “Flamengo” jamoasidan hujumkor futbolchi Reynerni 30 million evroga transfer qilgan edi.
Madridliklar shundan beri bu o‘yinchi xizmatlaridan foydalangani yo‘q. Asosiy tarkibga jalb qilinmayotgan braziliyalik iste’dod egasi joriy mavsumni A Seriyada o‘tkazadigan bo‘ldi.
“Real” 21 yoshli futbolchini “Frozinone” jamoasiga bir yillik ijaraga jo‘natdi.
Reyneri bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan universal futbolchi hisoblanadi. Madridliklar uning tajribasini oshirish maqsadida boshqa jamoalarga ijaraga bermoqda.
U o‘tgan mavsumlarda “Borussiya Dortmund” va “Jirona” kabi nemis va ispan klublarida ham tajriba oshirib kelgandi.
Fikrlar