“Real” va “Barsa” jahon chempionini talashyapti

  • 21.10.2023 14:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” va “Braselona” mutasaddilari tarkibning hujumkorligini oshirishga qodir bo‘lgan bir futbolchini nishonga oldi.

Ispan grandlari “Manchester Siti”da Erling Xoland soyasida qolib ketayotgan Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 23 yoshli argentinalik hujumchi muhitni o‘zgartirishga qarshi emas. Chunki har qancha urinmasin, Xoland bor joyda asosiy yulduz bo‘la olmaydi.

Ta’kidlash joizki, Alvares yosh bo‘lishiga qaramay, o‘zi ishtirok etgan deyarli barcha katta musobaqalarda g‘olib chiqqan.

U Xosep Gvardiola qo‘l ostida o‘tgan mavsumda Angliya chempionati va kubogi, Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi.

Shuningdek, Argentina terma jamoasi safida Amerika kubogi, Finalissima va jahon chempionati chempionligini qo‘lga kiritdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!