“Real” va “Siti” kutilmagan ishga qo‘l urmoqchi

  • 13 iyul, 2024, 19:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati Kilian Mbappe kelishi munosabati bilan frantsiyalik hujumkor futbolchi bilan bir pozitsiyada o‘ynaydigan Rodrigoga boshqa ish qidirmoqda.

Todofichajes nashrining yozishicha, braziliyalik o‘yinchiga “Manchester Siti” anchadan beri qiziqish bildiryapti.

“Real” esa, markaziy hujumchiga ehtiyoj sezmoqda va madridliklar “shaharliklar” safidagi jahon chempioni Xulian Alvaresga ko‘z tikkan.

Manbaning ta’kidlashicha, har ikki chempion jamoa o‘zaro o‘yinchi almashish ehtimoli bor. Agar tomonlar bu borada kelishuvga erishsa, angliyaliklar muayyan miqdorda pul to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Chunki Rodrigoning transfer summasi 110 million evroga baholanmoqda. Alvares esa, braziliyalik o‘yinchidan 20 million evro arzon turadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!