"Real" Valverdiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

  • 19 sentabr, 2023, 15:15
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.

O‘tgan yozda urugvaylik futbolchiga Angliya premer-ligasi gigantlari qiziqish bildirgandi, ammo yarim himoyachining o‘zi Madridni tark etish istagini bildirmadi va "qirollik klubi" uni sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmadi. Jurnalist Ekrem Qo‘ng‘irning yozishicha, “Real” tez orada Valverde bilan yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha muzokara boshlashni rejalashtirmoqda. 25 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Federiko "qaymoqranglilar" safida 209 ta o‘yinda 19 ta gol urgan va 15 ta golga assistentlik qilgan. "Transfermarkt" portali xabariga ko‘ra urugvaylik futbolchining transfer qiymati 100 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!