"Real" Holand uchun qancha to‘lashi kerakligi hal bo‘ldi

  • 24.06.2026 09:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yevropadagi manbalarning taʼkidlashicha,  «Real Madrid» hali ham «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holandning oʻyinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

«Qirolik klubi» prezidenti Florentino Peres, agar jamoa Vinisius bilan xayrlashishga majbur boʻlsa, Holandni asosiy transfer sifatida koʻrib chiqmoqda. 

Norvegiyalik forvardning «Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yil yozigacha moʻljallangan. Unga qoʻyilgan transfer narxi «Real» uchun 200 million evrodan ortiqcha tushishi aytilmoqda.

Erling Holand jahon chempionatida oʻzini juda yorqin namoyon qilmoqda. Norvegiya terma jamoasi guruh bosqichidan chiqishga ulgirdi, Holand esa ikki oʻyinda toʻrtta gol urishga muvaffaq boʻldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!