“Real” yana bir futbolchini tezkor ravishda Madridga qaytardi

  • 11 avgust, 2020, 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zinedin Zidan yangi mavsum oldidan jamoa tarkibini yangilashga kirishdi. Frantsiyalik murabbiy yangi o‘yinchilarni sotib ololmagani sababli asosiy e’tiborini ijarada mahoratini charxlab yurgan futbolchilarga qaratmoqda.

Yaqinda “Bavariya”dan Alvaro Odriosolani ortga qaytargan “Real” endi yarim himoyachi Martin Edegorni ham chaqirdi. O‘tgan mavsumda “Real Sosedad” jamoasida to‘p surgan futbolchiga Zidan asosiy tarkibdan joy berishga qaror qilgan.

21 yoshli Edegor yakunlangan mavsumda 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol va ettita golli pas muallifi bo‘ldi. U “Real”ga 2015 yili “Stryomsgodset” jamoasidan olib kelingan va ma’lum muddat “Xerenven” hamda “Vitess” kabi jamoalarda ijarada o‘ynagan.

“Real” futbolchisini zudlik bilan ortga qaytishga chaqirdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!