“Real”ga “Nyukasl”ning ikki yulduzi kerak

  • 05.10.2023 17:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” tarkibini kuchaytirish maqsadida Angliya Premer-ligasida o‘zini ko‘rsatayotgan o‘yinchilarni olib kelmoqchi.

Madridliklar e’tiborini “Nyukasl” hujumchisi Aleksander Isaak va yarim himoyachi Bruno Gimaraesga qaratdi.

Aleksandr Isaak avval “Real Sosedad” jamoasida o‘ynagani bois madridliklar uning imkoniyatini yaxshi biladi. Bruno esa, “Nyukasl”ning etakchi o‘yinchilaridan hisoblanadi va yaqin klub u bilan shartnomani 2028 yilning yarmigacha uzaytirdi.

“Qirollik klubi” mutasaddilari har ikki o‘yinchining hozirgi holatini o‘rganish uchun o‘z skautlarini Angliyaga yuboradi. Ular 4 oktyabr kuni Evropa Chempionlar ligasi doirasida “Nyukasl” va PSJ o‘yinida ikki nomzodni kuzatib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!