“Real”ni enggan Yaxshiboev jamoasi qancha maosh oladi?

  • 2 oktabr, 2021, 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi tarixidagi eng kutilmagan natijani qayd etgan “Sherif” Jasur Yaxshiboev va Sebastyan Tillning gollari evaziga “Real”ni mag‘lubiyatga uchratganidan keyin Evropa ommaviy axborot vositalari bu jamoani turli tomonlardan puxta o‘rganib, bir biridan qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etishni davom ettiryapti.

Avvalroq, “Real” tarkibi “Sherif”nikidan 64 barobar qimmat ekani, madridliklarning yagona javob to‘pini kiritgan Karim Benzemaning bir o‘zi tiraspolliklarning barcha futbolchilarini qo‘shib hisoblaganda barchasidan qimmatligi, frantsiyalik yulduzning transfer summasi 25 million evro, uchrashuvda birinchi gol muallifi bo‘lgan Jasur Yaxshiboevniki 500 ming evroni tashkil etishi haqidagi ma’lumotlar tarqatilgan edi.

yaxshiboyev-alaba

Chempionlar ligasi guruh bosqichida ilk marotaba ishtirok etayotganiga qaramay, “Shaxtyor” va “Real” ustidan qozonilgan g‘alabalar evaziga “D” guruhi peshqadamiga aylangan “Sherif” jamoasining bosh murabbiyi va futbolchilari olayotgan maosh ko‘pchilikni qiziqtirayotganini inobatga olgan jurnalistlar bu masalaga oydinlik kiritdi.

Moldovaning ProTV Chisinau telekanali ma’lum qilishicha, to‘qqiz oy muqaddam Sherif”ni qabul qilib olgan ukrainalik mutaxassis Yuriy Vernidub bosh murabbiy sifatida eng katta maoshni oladi. Xalqaro miqyosda o‘zini ko‘rsatib ulgurgan jamoani tuzgan mutaxassisning bir oylik maoshi 20 ming evroga etmaydi.

O‘zaro duelda Vernidubdan engilgan “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti esa,  “Qirollik klubi”dan yiliga 6 million evro olishi haqida ma’lumotlar tarqatilgan. Bu bir oyda 500 ming evroni tashkil qilishini aniqlash qiyin emas, albatta.

O‘z navbatida, “Shaxtyor”ni boshqarayotgan italiyalik mutaxassis Roberto de Zerbi donetskliklardan bir mavsum uchun 4 million evro maosh olmoqda.

Qizig‘i, xizmat haqi ancha arzon bo‘lgan Yuriy Vernidub “otning kallasidek” maosh olayotgan Italiyaning mashhur murabbiylarini uyaltirib qo‘ydi.

Ruminiyaning Digisport nashri jurnalistlari aniqlashicha, “Sherif” futbolchilarining o‘rtacha maoshi olti ming evrodan oshmaydi. Jamoaning etakchi o‘yinchilariga klub rahbariyati oyiga 15 ming evroga yaqin pul to‘laydi.

Britaniyaning The Sun nashri ma’lumotlariga ko‘ra, “Real”ning eng kam maosh oladigan darvozaboni Andrey Lunin haftasiga 50 ming funt ishlab topadi. Bu summa yiliga 2,6 million funtni tashkil qiladi.

“Qirollik klubi”ning maoshi eng katta futbolchisi Garet Beyl haftasiga 650 ming, yiliga esa 33,8  million olmoqda.

KMO_162543_19267_1_t218_160400

“Sherif” darvozasiga penaltidan to‘p kiritgan Karim Benzema hisob raqamiga “Qirollik klubi” yiliga 8,6 million funt o‘tkazadi. Bundan tashqari, Eden Azar 21,6,  Toni Kroos 10,9, Luka Yovich 9,1 million funt maosh olayotgan bo‘lsa-da, jamoaga u qadar katta foyda keltirayotgani yo‘q.

Yaxshiboev va Tillning zarbalarini qaytara olmagan Tibu Kurtuaga madridliklar har yili 7,8 million funt sarflaydi.

Ma’lumot o‘rnida, “Shaxtyor” klubi etakchi legionerlariga o‘rtacha bir mavsum uchun 2 million evro to‘lashi haqida xabarlar chiqqan. Shuningdek,  Ukraina terma jamoasiga jalb qilingan futbolchilarga ham shunga yaqin summa to‘ladi.

Guruhdagi uchinchi jamoa – “Inter” bosh murabbiy Simeone Indzage mavsum oldidan jamoa bilan imzolagan shartnomaga ko‘ra, yiliga 4,5 million evro maosh oladi. Bundan tashqari, 45 yoshli mutaxassisga turli bonuslar ham va’da qilingan.

yaxshiboyev-sherif

Har tomonlama kamtar “Sherif” Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi uchinchi tur uchrashuvini Indzage shogirdlariga qarshi o‘tkazadi. Milandagi o‘yin 19 oktyabrga belgilangan.

Mourino “Real”dan taklif oldi, u “Chelsi”dan yana bir yulduzni chaqirmoqda va “Roma” lageridan boshqa qizg‘in xabarlar!

“Roma” Evropa Chempionlar ligasida... Shomurodovning orzusi ushaladimi?

“Real”ni nokaut qilgan qahramonlar – Polsha ishonmagan Yaxshiboev, Gretsiyada zaxiraga mixlangan Atanasiadis va Rossiyada so‘nib qolgan Till!

Mourino tanqid qilgan Shomurodov necha ballga loyiq ko‘rildi?

Yaxshiboev gol urgan uchrashuvdan keyin “realchilar” uchga bo‘lindi!

Yaxshiboevga Rossiya grandlaridan taklif bo‘lishi kutilmoqda

O‘runov “qariyalar” ichida qolib ketdi

"Real" darvozaboni Tibo Kurtua Yaxshiboev va Tillga tan berdi: Gollarning ijrosi mukammal edi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
02/10/2021 17:25
Пахтакор уйинчилари маошини хам ёзинглар! ХАлкаро уйинларда Узбекистонни шарманда килиб юрган Хуйистра йилига бир неча миллионни еб кетади. Пахтакор уйинчилари Шериф уйинчиларидан купрок олишса керак, асло кам эмас! Европада харажатлар Узбекистондагидан купроклигини хисобга олсак, бизада анча халк пулини еб куйишмокда.
Ulugbek Nevajno
02/10/2021 10:38
Бугун Иброхимхалил Юлдошев жамоаси уйнайди силкасм Uzbekistan Legioners телеграм каналида бор кидирвотканла учун