Reja ish bersa, Ronaldu “An-Nasr”dan yana Angliyaga qaytadi!
Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasiga ko‘chib o‘tgani eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzuga aylanib bo‘ldi.
Shunga qaramay, 37 yoshli to‘purarda yana Evropa futboliga qaytish imkoniyati bor.
Marca nashrining ta’kidlanishicha, Angliya premer-ligasida yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Nyukasl” Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, Ronaldu ijara asosida “qarg‘alar” safiga ko‘chib o‘tadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ronalduning shartnomasini mana shu band alohida ko‘rsatilgan.
Bunga ko‘p jihatdan “Nyukasl” klubi Saudiya Arabistoni davlat investitsiya fondiga tegishli ekaniga bog‘liq.
Ronaldu “An-Nasr” bilan 2,5 yillik shartnoma imzolagan va har mavsum uchun 200 million evro atrofida maosh oladi.

Fikrlar