Reshford Yamal haqida: "U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri"

  • 24 iyul, 10:11
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda "Barselona" safiga qo‘shilgan Markus Reshford jamoadoshi Lamin Yamal haqida o‘z fikrini bildirdi.

27 yoshli futbolchi chorshanba kuni "ko‘k-anorranglilar" tarkibidagi yangi o‘yinchi sifatida rasman tanishtirildi. Kataloniyaliklar uni "Manchester Yunayted"dan ijaraga olishgan. Taqdimot paytidagi suhbatda Reshfordga "Barsa"ning yosh yulduzi Lamin Yamal haqida savol berildi.

Tecno

- Lamin juda iste’dodli. O‘tgan mavsumda u dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri edi, balki eng yaxshisidir. Men ruhlangan holda shuni aytamanki, sportda hamma eng zo‘rlari bilan o‘ynashni istaydi, - deya javob berdi Markus.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" "qizil iblislar" tarbiyalanuvchisini ijaraga oldi va futbolchini 30 million evroga sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!