
Riberi hakamdan uzr so‘radi
"Fiorentina" klubi vingeri Frank Riberi o‘zining tvitterdagi sahifasida "Latsio"ga (1:2) qarshi o‘yinda qanot hakamiga nisbatan qilgan qo‘pol muomalasi uchun uzr so‘radi.
“Kecha sodir bo‘lgan voqeadan afsusdaman. Passeridan ham uzr so‘rayman, chunki o‘yin oxirida juda asabiylashgandim. Mening o‘sha paytda qanday vaziyatda ekanimni to‘g‘ri tushunasiz deb umid qilaman”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Riberi “Fiorentina” safiga joriy yozgi transferlar davrida erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. U hozircha “binafsharanglilar” safida jami 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar