Riberiga Rossiya klublaridan takliflar bor

  • 18 avgust, 2019, 18:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik yarim ximoyachi Frank Riberiga "Dinamo" va "Lokomotiv" klublari qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Rossiyaning bu ikki klubi allaqachon Riberiga aniq takliflar bilan chiqib bo‘lishgan.

Ammo, frantsiyalik futbolchi Italiyaning "Fiorentina" klubi bilan muzokaralar o‘tkazishda faollik ko‘rsatmoqda. Hal qiluvchi qarorni, Riberi yaqin kunlarda qabul qilishi kerak.

Oxirgi mavsumda, 36 yoshli futbolchi Bundesliganing 25 ta uchrashuvida 6 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!